Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Dori-Darmon” 2020-yil uchun o‘z natijalarini keskin yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarida axborot berilgan.

Foto: “Dori-Darmon”

Foto: “Dori-Darmon”

Kompaniya avvalgi ikki yilni mos ravishda 56 milliard hamda 48,3 milliard ziyon bilan yakunlagan, biroq 2020-yil III choragida 30,7 milliard so‘m sof foyda ko‘rgan.

Kompaniyaning 2018 va 2019-yillardagi daromadi mos ravishda 69,5 milliard va 57,1 milliard so‘mni tashkil qilgan, 2020-yilning ortda qolgan davrida esa 132,9 milliard so‘m daromad olgan. Aktivlar rentabelligi uch yil ichida ilk bor manfiydan musbat darajaga o‘zgargan. Kapital rentabelligida ham keskin ko‘tarilish kuzatilgan.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Kompaniya ikki yil ichida 149 milliard so‘m kreditor qarzdorlikni 93,4 milliardgacha kamaytirgan. Boshqa kompaniyalarning “Dori-Darmon”dan debitor qarzdorligi esa 52 milliarddan 129,4 milliardgacha o‘sgan. Kompaniya avvalgi yillarda o‘rtacha yiliga 6,7 milliard so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, 2020-yilning ortda qolgan davrida deyarli 9 milliard so‘m soliq to‘lagan.

2018-yil oxirida “Dori-Darmon” boshqaruvi AQShning United Investment Healthcare Group kompaniyasiga 5 yil muddatga topshirilgan, biroq 2019-yil bahorda kelishuvning bekor qilingani haqida xabar berilgandi. “Dori-Darmon” davlat ulushlari xususiylashtirilayotgan kompaniyalar sirasiga kiradi, davlat ulushlarining 36,1 foizi sotilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)