Turkiya Markaziy banki boshlig‘i Murat Uysal mamlakat milliy pul birligi – lira kursining keskin pasayib ketishi ortidan prezident farmoni bilan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga sobiq moliya vaziri Naji Aybal mamlakat Markaziy banki raisi etib tayinlandi.

Naji Aybal

Foto: Reuters

Farmon 7-noyabr kuni e’lon qilindi. Uysal Markaziy bankni 16 oy davomida boshqarib kelayotgan edi.

So‘nggi bir necha oy ichida lira AQSh dollariga nisbatan tarixiy antirekordlarni bir necha bor yangilab turdi. Bir yil ichida u 30 foizga qadrsizlandi.

Avvalroq turk lirasi shiddat bilan qadrsizlanayotgani, bunga esa Erdo‘g‘on va Markaziy bank xatti-harakatlari sabab bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.