Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida ushbu ko‘chaning Jarqo‘rg‘on va Munis ko‘chalari oralig‘idagi qismi 15-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shuningdek, ushbu ko‘chaning Jarqo‘rg‘on va Qo‘yliq ota ko‘chalari oralig‘idagi qismi 5-noyabr soat 00:00 dan 15-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etilgan.

Avvalroq 20-oktabr soat 00:00 dan 8-noyabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga (Panelniy mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘lishini ma’lum qilingan edi.