“Ayaks”ning bir yo‘la 11 futbolchisida Chempionlar Ligasi 3-turi oldidan koronavirus aniqlandi.
“Ayaks” hozircha ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamadi, biroq jamoa “Midtyullann”ga qarshi o‘yinga 17 futbolchi bilan ketayotganini ma’lum qilgan. Kengaytirilgan tarkibdan bor-yo‘g‘i bir nafar darvozabon o‘rin olgan — 20 yoshli Kyell Sxerpen, u asosiy jamoada hali birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.
Xabarlarga ko‘ra, darvozabonlar Andre Onana va Marten Stekelenburgdan tashqari “Ayaks”ning quyidagi nomdor futbolchilari o‘yinda ishtirok eta olmaydi: Davi Klassen, Rayan Gravenberh va Dushan Tadich.
“Midtyullann” — “Ayaks” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)