Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yil 1-noyabrdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jumladan restoran va kafelar uchun tabiiy gazni yetkazib berish cheklab qo‘yilmoqda. Energetika vazirligi ushbu harakat zaruriy chora ekanini bildirgan va yaqin kelajakda kuz-qish mavsumida gaz o‘rnini bosuvchi yoqilg‘i vositalaridan foydalanishga o‘tilishini qayd etgan.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Avval Toshkentdagi tadbirkorlar gaz ta’minoti organi xodimlaridan 1-noyabrdan boshlab gaz uzatilishi o‘chirib qo‘yilishi to‘g‘risida ogohlantirish olayotgani xabar qilingan. Bu haqda poytaxtdagi bir nechta restoranlar asoschisi (Belle Maman, “Svidalnaya” va hokazo) Artur Rudomyotkin o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. U energetika vaziri Alisher Sultonovning 26-oktabrdagi 143-sonli buyrug‘i surati bilan bo‘lishgan.

“Aftidan, bu tadbirkorlar uchun shunday og‘ir kunda biznesni qutqarishning yana bir chorasi bo‘lsa kerak. Bu nimani anglatadi? Uzoq davom etgan karantindan so‘ng umumiy ovqatlanish maskanlari sektori hozirning o‘zida barcha nuqtalarini elektr tokiga moslashtirishni mablag‘larni qayerdan olishni o‘ylamasdan boshlashi lozimligini bildiradi”, — deya izoh qoldirgan Rudomyotkin.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar faqat elektr tokida ishlaydigan yangi oshxona texnologiyalari — plitalar, shkaf va pechlarni sotib olishi kerak. Bundan tashqari, uch fazali elektr qurilmalari ishlashi uchun barcha elektr quvvatini oshirish bo‘yicha loyihalarning hammasini o‘zgartish zarur.

Energetika vazirligi tabiiy gazdan foydalanishga qo‘yilayotgan cheklovlarni zaruriy chora deb atagan. Vazirlik axborot xizmati kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berishga asosiy o‘rin berilishini bildirgan.

“Gaz ta’minoti quvvatlarini oshirish maqsadida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan mavjud gaz ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini, bu esa hozirgi vaqtda iste’molni oshirish paytida tabiiy gazni teng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligini ma’lum qilamiz. Shu munosabat bilan, tabiiy gaz taqsimotini muvozanatlashtirish bo‘yicha maxsus vaqtinchalik choralar ko‘rilmoqda. Bu esa, uylar, xonadonlar, maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Energetika vazirligining xabarida joriy etilgan muqobil yoqilg‘i manbalariga o‘tishning davlat dasturiga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilar 2020-2021 yillar kuz-qish davri boshlanishi arafasida tegishli bildirishnomalarni olgani qayd etilgan.

“Shu kunlarda Toshkentning yuqori bosimli gaz quvurlariga ulangan yirik ulgurji iste’molchilar “Hududgazta’minot” AJdan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga gaz yetkazib berish barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun ularni “sanoat kollektori”ga o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma oldilar. Barcha korxonalar joriy yil boshida “sanoat kollektori”ga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma olgan.

Toshkent shahrining mavsumiy iste’molchilariga (g‘isht, gips ohak va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yirik sanoat korxonalari) tabiiy gaz yetkazib berish 1-noyabrdan to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berildi.

Shunday qilib, kuz-qish davrida tabiiy gaz yetkazib berilishi kafolatlanmagan ulgurji iste’molchilar, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari muqobil yoqilg‘idan foydalanishga o‘tish uchun faol choralar ko‘rishlari kerak. Oldinda yilning sovuq mavsumi turibdi, shuning uchun tabiiy gaz ta’minoti uzilishlarsiz va kerakli hajmda, birinchi navbatda, aholi xonadonlar, shifoxonalar va ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi kerak”, — deyilgan xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi