• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ayollar ‘bizdan go‘ng hidi keladi’ deyapti”. Senator viloyatlardagi gazsizlik va tappi yoqishga majbur odamlar haqida gapirdi

    30-oktabrda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida tabiiy gaz quvurlari tizimining holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.

    Foto: Senat axborot xizmati

    Foto: Senat axborot xizmati

    Yig‘ilishda “Hududgazta’minot” kompaniyasi tasarrufida respublika bo‘yicha jami 89172,1 kilometrlik gaz quvurlari mavjudligi, ushbu gaz quvurlarining 20 525,3 kilometr qismi 10 yilgacha, 25 729,2 kilometr qismi 10-25 yilgacha, 42 917,5 kilometr qismi esa 25-30 yillar va undan ortiq muddat foydalanib kelinayotgani ta’kidlandi.

    Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Tolibjon Madumarov kompaniya rahbariyatiga gaz quvurlari nima sababdan 25-30 yil davomida almashtirilmagani yuzasidan savol bilan murojaat qildi.

    “30 yil davomida nima ish qildik? Gaz uchun to‘langan pullar qani? Qancha odam gaz uchun to‘lov qilmoqda, Majburiy ijro byurosi muddatida to‘lov qilmaganlardan pul undirilishini ta’minlamoqda, mashinalar musodara qilinyapti, qarzlar undirilyapti. O‘sha pullar qayerda?”, — degan senator.

    Shuningdek, yig‘ilishda 766,4 kilometrli gaz quvurlari o‘z vaqtida almashtirilmaganligi sababli mukammal ta’mirtalab, ya’ni to‘liq yangilash holatiga kelib qolgani ma’lum qilingan. Ushbu quvurlarni zudlik bilan almashtirish choralari ko‘rilmagan taqdirda, tabiiy gaz isrofgarchiligi kundan kun ortib borishi, turli avariyalar va baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

    Qolaversa, “Hududgazta’minot” AJ tasarrufidagi 16 757,6 kilometrli yer osti po‘lat gaz quvurlarini elektro-kimyoviy himoya uchun faqatgina 1305 ta elektrkimyo himoyalash vositalari ishlatilayotgani, ushbu vositalarni loyiha asosida taxminan har 2-3 kilometrga ishlatilishi hisobga olinsa, yer osti po‘lat gaz quvurlarining bor yo‘g‘i 2610 kilometr qismi, ya’ni 16 foizi elektro-kimyoviy himoyalangan, deyiladi Senat axborot xizmatining xabarida.

    “Eng achinarlisi, 25-30 yillik gaz quvurlarini almashtirish imkoni bo‘lmayotgan paytda foydalanuvga yaroqli bo‘lgan gaz quvurlarini asrash choralari ko‘rilmagan”, – deyilgan xabarda.

    Shu bilan birga, bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJ tasarrufidagi gaz rostlash punktlarining soni 80 334 tani tashkil etishi, ulardan 40 mingga yaqini 20-30 yildan ortiq muddat foydalanib kelinayotgani bildirilgan. Ushbu gaz rostlash punktlariga xizmat ko‘rsatuvchi chilangarlarning shtat jadvali qisqartirilishi natijasida gaz rostlash punktlariga o‘z vaqtida texnik xizmatlar ko‘rsatilmasligi tanqid qilindi.

    Senat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanishdagi aksariyat magistral gaz quvurlarining texnik va ma’nan eskirganligi, ularning diagnostikasi va texnik soz holatda saqlash ishlarini lozim darajada olib borilmayotganligi natijasida avariya sodir bo‘lish ehtimoli juda yuqori bo‘lishiga qaramasdan, zaxira quvurlar bilan ta’minlash rejasi ham to‘liq bajarilmagan.

    Tolibjon Madumarov gaz va elektr ta’minoti borasida muammolarni bartaraf etish choralari haqida aholini xabardor qilish lozimligini ta’kidlagan.

    Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uyini isitish uchun tezak yoqayotgan ayol bilan uchrashgani haqida gapirgan.

    “Katta yoshli ayol: ‘Menga yaqinroq kelib, hidlab ko‘ring. Biz ayollardan go‘ng hidi keladi. Tezak yoqamiz. Istagan uyga kirib ko‘rishingiz mumkin’. Minglab odamlar bilan uchrashuvlar o‘tkazganmiz. Quvurlar bor. Avval gaz ta’minoti ham bo‘lgan, hozir yo‘q”, — degan senator “Mening yurtim” telekanalida efirga berilgan lavhada.

    Senatorning aytishicha, hududlarda gaz yo‘qligi haqida parlament so‘roviga “Hududgazta’minot” tomonidan gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib berish imkoni borligi haqida ma’lum qilinadi.

    Shuningdek, senator 2020-yil yanvar – fevral oylarida O‘rta Chirchiq tumanidan har bir oilaga oyiga 20 kilogramm siqilgan gaz yetkazib berilishi kerak bo‘lgan. Ammo har bir oilaga 12,2 kilogramm gaz yetkazib berilgan.

    “Hududgazta’minot” raisining birinchi o‘rinbosari Abdusamat Saidvaliyev kamchiliklarning bartaraf qilinishi haqida va’da bergan.

    “Bugun bizni ham mamlakat resurslarini asrab-avaylash masalasi xavotirga solmoqda, biroq bu borada tegishli choralar ko‘ramiz. Har bir xonadon muammolarini o‘rganib, yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf eta olamiz deb o‘ylayman”, — degan u.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazoratga olinadi

    Avval Andijon va Samarqand viloyatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chog‘ida tarbiyachi ayollar tomonidan sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket (tappi) tayyorlayotgan jarayoni aks etgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘lgan, Maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bog‘cha tarbiyachilari haqidagi xabarga munosabat bildirgandi.

    Shuningdek, Toshkentdagi tadbirkorlar gaz ta’minoti organi xodimlaridan 1-noyabrdan boshlab gaz uzatilishi o‘chirib qo‘yilishi to‘g‘risida ogohlantirish olayotgani xabar qilingandi. Undan avval Toshkent va boshqa viloyatlarda avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGQSh) gaz yetkazib berish jadvaliga vaqtincha cheklovlar kiritilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

    Oktabr oyida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2020-yildan buyon kamida iyun oxiriga qadar O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olmagani ma’lum bo‘lgan. Avvalroq boshqa bir kompaniya — “Lukoyl” O‘zbekistonda gaz qazib olishni qisqartirgandi. Ikkala holatga ham Xitoy tomonidan talabning kam bo‘layotgani sabab bo‘lgan. Shu sababli “Lukoyl” 5 milliard metr kub gazni O‘zbekistonning ichki bozoriga yo‘naltirgan.

    01.11.2020, 20:15   Izoh (0)   48492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 69 yoshli fuqaro yo‘lovchi poyezdi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

    01.11.2020, 19:32

    Namanganda Norin daryosi ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Ko‘prik orqali harakatlanish bundan 6 oy avval to‘xtatilgandi

    01.11.2020, 18:16

    O‘zbekistonda yanvar—sentabr oylarida banklar orqali 248,5 trln so‘m aylandi

    01.11.2020, 17:32

    Maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bog‘cha tarbiyachilari haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    01.11.2020, 14:34

    Sirdaryo YHXB matbuot guruhi katta inspektori, podpolkovnik Javlon Toshboyev vafot etdi

    01.11.2020, 13:17

    Buxoro viloyatining Kogon shahridagi masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

    01.11.2020, 10:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.