Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilarning umumiy (Pound-for-Pound) reytingida birinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Bu butun hayotim davomidagi ishim edi, men bularga osonlikcha erishganim yo‘q.

Mehnatsevarlik, Yaratganga bo‘lgan umid va sabr, aynan shu uch fazilat menga muvaffaqiyatga erishishda yordam berdi.

Va, albatta, menga ko‘p vaqt va mehnat sarf qilgan otamning doimiy nazorati va maslahatlari.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.