Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turida “Tottenhem” 26-oktabr, dushanba kuni “Byornli” uyiga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuv sokin tempda o‘tdi va darvozalar oldida sanoqli xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Son Hyon Min Harri Keynning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

“Tottenhem” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 11 ta yetkazib oldi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Byornli” (1) 18-pog‘onada bormoqda.

6-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: APL

APL

6-tur bahsi

26-oktabr, dushanba

“Byornli” — “Tottenhem” 0:1

Gol: 0:1 – 76 Son Hyon Min.

“Byornli”: Poup, Long, Louton, Teylor, Tarkovski, Gudmundsson (Rodriges, 84), Vestvud, Braunhill, Maknil, Vud, Barns (Vidra, 89).

“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Devis, Doerti, Dayer, Sissoko, Hyoyberg, Lukas Moura (Lamela, 57), Ndombele (Lo Chelso, 79), Son Hyon Min (Rodon, 90), Keyn.

Ogohlantirishlar: Braunhill (2), Long (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!