Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 27-turida “Energetik BGU” va “Shaxtyor” jamoalari 25-oktabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter/@fcshakhterby

Foto: Twitter/@fcshakhterby

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mehmonlar Yuriy Kendishning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 32-daqiqada Dmitriy Podstrelov soligorskliklarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari Yevgeniy Yudchitsning penaltidan urgan golidan keyin hisobni qisqartirdi. Qayd etish kerak, “Shaxtyor” ikkinchi bo‘limda juda yomon harakat qildi. So‘nggi daqiqalarda Soligorsk jamoasi hisobni ushlab qolishga o‘ynadi va buning uddasidan chiqdi.

Mazkur bahsda har ikki jamoa safida o‘zbekistonlik futbolchilar harakat qildi. Shahboz Umarov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Humoyunmirzo Iminov va Jasur Yaxshiboyev zaxiraga olindi.

“Shaxtyor” 49 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda, bitta zaxira o‘yiniga ega “konchilar” peshqadamdan 5 ochko ortda bormoqda. “Talabalar” (35) 9-o‘ringa joylashgan.

Belarus chempionati

27-tur bahsi

25-oktabr, yakshanba

“Energetik BGU” — “Shaxtyor Soligorsk” 1:2

Gollar: 1:0 – 6 Kendish, 2:0 – 32 Podstrelov, 1:2 – 61, penalti Yudchits.

“Energetik BGU”: Makavchik, Yudchits, Shkurdyuk, Svirepa, Sokol, Mavatu, Sovpel, Musaxanyan, Iminov (Arno, 56), Umarov, Bakich.

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Balanovich, Begunov, Xadarkevich, Antich, Ivanovich, Selyava, Kendish, Yaxshiboyev (Santos, 72), Kabananga.

Ogohlantirishlar: Kabananga (80), Ivanovich (84), Arno (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi