Daryo

UFC 254. Habib—Getji jangi muxlislarsiz o‘tkaziladimi?

24-oktabr, shanba kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish61 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UFC

Toshkent vaqti bilan 24-oktabr, shanba kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi.

Foto: UFC

ESPN insayderi Brett Okamoto xabariga ko‘ra, mazkur musobaqa muxlislarsiz o‘tkaziladi. Avvalroq musobaqa uchun cheklangan miqdorda chiptalarni sotish rejalashtirilgandi. Biroq bu amalga oshmagan. Shunga qaramay, musobaqaga maxsus mehmonlar taklif qilinishi rejalashtirilgan. Biroq UFC’ning pandemiyaga bo‘lgan muxlislar bilan to‘la arena atmosferasi bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasining asosiy jangi Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Shuningdek, musobaqada o‘zbekistonlik Liliya Shokirova Loren Myorfiga qarshi jang qiladi. Bu Liliya uchun UFC’dagi debyut jang bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 2008-yil MMA’da debyut qilgan. Habibning hisobida esa 28 ta jang va 28 ta g‘alaba mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar