“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Angliya Premyer Ligasining 5-turi doirasida o‘tkazilgan “Everton”ga qarshi bahsda (2:2) olgan jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 6-daqiqasida van Deyk “Everton” darvozaboni Jordan Pikford bilan jarima maydonchasi ichida to‘qnashib ketdi. Shifokorlar esa uning o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va 11-daqiqada uning o‘rnini Jo Gomes egalladi.

Ta’kidlanishicha, niderlandiyalik futbolchining o‘ng oyoq tizza qismidagi tutashgan suyaklar yorilib ketgan. Bu kabi jarohatlarni davolash uchun esa uzoq muddat talab etiladi.

“Everton” mazkur durangdan so‘ng 13 ochko bilan Angliya Premyer Ligasidagi peshqadamligini saqlab qolgan bo‘lsa, “Liverpul” (10) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!