Italiya A Seriyasining 4-tur uchrashuvida “Inter” hamda “Milan” klublari o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuv “rossonerilar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alaba tufayli Stefano Pioli jamoasi klubning o‘tgan asrda o‘rnatilgan birdaniga ikkita rekordni takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Twitter

Opta’ning yozishicha, “Milan” 1973-yildan beri ilk bor Italiya chempionatining ketma-ket 24 uchrashuvida g‘alaba qozongan. Shuningdek, manbada klubning 1995/1996-yilgi mavsumdan beri birinchi marta A Seriyaning dastlabki 4 uchrashuvida g‘alabani qo‘lga kiritganini va o‘sha vaqtdagi Fabio Kapello boshchiligidagi “Milan”ning natijasi takrorlaganini ta’kidlanmoqda.

“Milan” 12 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. “Inter” esa 7 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda “Milan” “Roma” bilan kuch sinashsa, “Inter” o‘zbekistonlik hujumchi to‘p surayotgan “Jenoa” bilan to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!