O‘zbekistonda dam olish kunlari janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, ob-havo kam bulutli bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Jumladan, 18-oktabr kuni havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja bo‘lishi, bunday harorat iqlimiy me’yordan 4-5 darajaga yuqori ekanligi aytilgan.

“Daryo” muxbiri iliq ob-havodan foydalangan holda Toshkentda kuz faslining tarovati aks etgan lavhalarni kameraga muhrladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman