Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 7 tonna insonparvarlik yordami ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: Foto: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun’iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatning barcha hududlariga tarqatish uchun topshiriladi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Avvalroq Dubay amirligi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 723 million so‘mlik dorilar va tibbiy vositalar jo‘natgani xabar qilingandi.