• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda Janubiy Koreya prezidenti bilan onlayn sammit o‘tkazadi. Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Xitoy hamda Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish, yangi o‘sish nuqtalarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, Xitoy va Janubiy Koreya O‘zbekistonning strategik sheriklari hisoblanadi. Ikki davlat bilan ham oliy darajadagi tashriflar doirasida keng ko‘lamli kelishuvlarga erishilgan, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, gumanitar va boshqa sohalardagi loyihalarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” qabul qilingan.

    Lekin koronavirus pandemiyasi barcha mamlakatlar iqtisodiyoti uchun kutilmagan sinov bo‘ldi. Karantin cheklovlari tashqi savdo aloqalarining qisqarishiga, transport qatnovlari kamayishiga, investitsiya loyihalari kechikishiga olib kelmoqda.

    Qayd etilishicha, davlat rahbari 6-oktabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqotda qo‘shma dastur va loyihalarni tezlashtirish hamda ularni amalga oshirishda ko‘maklashish, kerak bo‘lsa, imtiyozli kreditlarni oshirish yuzasidan kelishib olindi. 2020-yil oxiriga qadar davlat rahbarlari ishtirokida onlayn sammit o‘tkazilishi belgilandi.

    Ta’kidlanishicha, Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 4 milliard dollarga, Janubiy Koreya bilan 1,4 milliard dollarga yetdi.

    Yig‘ilishda Prezident bu davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha imkoniyatlar ko‘pligi, lekin hozirgi natijalar yetarli darajada emasligini ta’kidladi. “Yo‘l xaritalari” ijrosi oqsayotgani, ish tizimli olib borilmayotganini jiddiy tanqid qildi.

    Bildirilishicha, 2020-yilda ayrim sohalarda eksport ko‘rsatkichlari pasaygan. Jumladan, Xitoyga eksport o‘tgan sakkiz oyda to‘qimachilik sohasida 42,3 foizga, kimyo va neft-kimyo sanoatida 33,1 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishda 18,1 foizga kamaygan.

    Shu davrda Janubiy Koreyaga eksport bo‘yicha Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

    Yig‘ilishda tarmoq va hudud rahbarlari eksportning ahamiyatini hanuzgacha chuqur tushunib yetmayotgani, ularning bu boradagi ish uslubi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Har bir tarmoq va hudud rahbari o‘z mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish, tannarxini tushirish va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha yangi, samarali takliflar ishlab chiqib, bu masalalar bilan doimiy shug‘ullanishi shart, — dedi Prezident.

    Xitoyning ochiq iqtisodiy siyosati va O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvidan samarali foydalanish, Janubiy Koreya bozoriga yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni aviatransport orqali tashish muhimligi aytib o‘tildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi uch yilda Xitoydan 3,9 milliard, Janubiy Koreyadan 850 million dollar sarmoya o‘zlashtirilgan. Lekin ayrim investitsiya loyihalari ijrosi kechikmoqda.

    Yig‘ilishda shunday loyihalar tarmoq va viloyatlar kesimida tanqidiy muhokama qilindi. Muddatidan ortda qolayotgan yoki to‘xtab qolgan loyihalarni chuqur tahlil qilgan holda ularni jadallashtirish va ishga tushirish choralari belgilandi. Shu bilan birga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Xitoy hamda Janubiy Koreyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni shakllantirish zarurligi qayd etildi.

    Transport, sog‘liqni saqlash, madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarning borishi ham ko‘rib chiqildi.

    Xitoy va Janubiy Koreya bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi yo‘nalishlar topish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    “Bugun zamon o‘zgaryapti, talab o‘zgaryapti. Hamma tarmoqlar tahlil qilinmoqda. Ularni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilyapmiz. Natija ham shunga mos bo‘lishi kerak. Iqtisodiy barqarorlikning kafolati — eksport va investitsiya ko‘rsatkichlarini oshirish”, — deya ta’kidladi Prezident.

    Videoanjuman ko‘rinishida o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va O‘zbekistonning chet mamlakatlardagi elchilari ishtirok etib, eksport va investitsiya loyihalaridagi qoloqlikni bartaraf etish choralari yuzasidan hisobot berdi.

    Mutasaddilarga barcha qo‘shma loyihalarni tanqidiy ko‘rib chiqqan holda, ularni tezlashtirish va belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha yangilangan “yo‘l xaritalari” tayyorlash hamda kelgusi yil uchun yangi istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    14.10.2020, 21:22   Izoh (0)   27294
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashash uchun kurash: Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasidan fotoreportaj

    14.10.2020, 21:09

    Uzbekistan Airways yaqin 6 oy davomida amalga oshiradigan reyslar jadvali haqidagi xabarlarni rad etdi

    14.10.2020, 20:57

    O‘zbekistondagi vazirliklardan birining 84 nafar xodimi mehmonxonada yashagani uchun qariyb 1 mlrd so‘m to‘landi

    14.10.2020, 20:27

    Sardoba suv ombori taqdiri haqida ma’lumot berildi

    14.10.2020, 19:36

    O‘zbekistonda 15-oktabr kuni harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

    14.10.2020, 19:27

    G‘ofurjon Mirzayev Toshkentning kelajagi Sirdaryoda ekanligini aytdi

    14.10.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.