Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev 14-oktabr kuni Sirdaryo viloyatidan tashkil etilgan ko‘rsatuv davomida Sardoba suv ombori taqdiri haqida ma’lumot berib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.
“Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun Sardoba suv omborining o‘rni beqiyos. Suv bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmaydi. Sardobaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun ahamiyati juda katta.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi. Tashrif davomida Prezident Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan paxta dalasida bo‘lib, hosilni ko‘zdan kechirdi hamda u yerdagi yangi korxona va uylarga tashrif buyurdi.Ammo Prezidentimiz aytganidek, barchasini avval yetti o‘lchab, keyin bir marta kesishimiz kerak. Ayni vaqtda xorijdan kelgan ekspertlar Sardoba suv ombori holatini o‘rganish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ta’mirlash, tiklash va foydalanish ishlari xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda hal qilinadi.
Bu borada Qozog‘iston tomoniga ham minnatdorchilik bildirib o‘tishimiz kerak, qo‘shnilarimiz bizni qo‘llab quvvatlamoqda. Suv omborining kelajagi yaqin vaqtlarda ma’lum bo‘ladi. Bu bo‘yicha to‘g‘ri yechim topilishiga ishonamiz.
Suv omborini qayta ishga tushirishda hammaning manfaati hisobga olinadi”, — dedi Sherzod Qudratxo‘jayev.
Shuningdek, Prezident Oqoltin aholisi va Sardoba fojiasidan jabrlangan odamlar bilan uchrashdi.
Izoh (0)