Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: BMTning O‘zbeksitondagi doimiy koordinatori ofisi

Foto: BMTning O‘zbeksitondagi doimiy koordinatori ofisi

BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021-yil 1-yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d’Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya, Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.

BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Avvalroq Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman 2021-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda