• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvada yuqori sinf o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Dars o‘tishga talabalar jalb qilinadi

    Moskva maktablarida ta’til tugagach yuqori sinf o‘quvchilari (6—11-sinf) 19-oktabrdan 1-noyabrgacha masofadan o‘qitishga o‘tkaziladi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari esa ta’tildan so‘ng odatdagi ta’limga qaytadi. Ular uchun ta’til paytida to‘xtatib qo‘yilgan maktab o‘quvchilari transport kartasi blokdan chiqariladi.

    Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchilarining koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli shunday chora ko‘rilmoqda. Hozirda Moskvada kasallangan bolalarning uchdan ikki qismi yuqori sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, Sobyanin Moskva maktablarida o‘qitishning yangi formati — tyutorlik vaqtincha joriy etilishini ma’lum qilgan. U katta yoshdagi va surunkali kasalliklarga chalingan o‘qituvchilarni infeksiya xavfidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Darslarni o‘tkazish uchun maktablarga pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilari taklif etiladi. Ularni o‘qituvchilar masofaviy tarzda nazorat qilib boradi.

    Mavzuga doir: Moskvada tibbiyot oliygohlari talabalari COVID-19’ga qarshi kurashish uchun yana kasalxonalarga chaqirildi

    Shahar merining farmoyishi bilan 19-oktabrdan 1-noyabrgacha shaharda qo‘shimcha ta’lim muassasalari va bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish tashkilotlari ham ishlamaydi.

    Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin shaharga pandemiya yana bostirib kirayotganini ma’lum qilgandi. U 9-oktabrda ortda qolayotgan haftada Moskvada koronavirusning tarqalishi bo‘yicha vaziyat umuman yengillashmaganini bildirgan. Shuningdek, u 12–18-oktabr kunlari bu borada hal qilinadigan oraliq bo‘lishini qayd etgan. Merning so‘zlariga ko‘ra, Moskva shahri ma’muriyati shaharni karantin uchun yopish tarafdori emas.

    13-oktabr kuni Rossiyada COVID-19’ga chalinish va undan vafot etish holatlari bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi. Sutka davomida aniqlangan kasallanishlar soni bo‘yicha ham, koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha ham Moskva birinchi o‘rinda. Bir oy ichida Moskvada kasallanish holatlari besh martadan ko‘proq o‘sdi. Kasalxonalarga eng og‘ir bemorlar yotqizilmoqda.

    Mavzuga doir: Bir oy ichida Moskvada COVID-19 bilan kasallanish besh martaga ko‘paydi. Koronavirus kasalxonalarida nimalar bo‘lmoqda? Shifokorlar aytishicha, vaziyat keskinlashmoqda, bemorlar uchun joylar esa tugamoqda

    14.10.2020, 22:14   Izoh (0)   12051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropada koronavirus tufayli yana karantin choralari kuchaytiriladi, ammo lokdaunni kiritishga shoshilishmayapti. Yevroittifoq ichkarisidagi chegaralarni yopmasli...

    14.10.2020, 21:46

    WSJ: Tog‘li Qorabog‘ga Turkiyaga aloqador yuzlab suriyalik jangarilar yuborildi

    14.10.2020, 20:12

    Tramp COVID-19’ga nisbatan immuniteti borligini aytib, saylovchilarni o‘pib chiqishga va’da berdi

    14.10.2020, 19:59

    Rossiya yana uchta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

    14.10.2020, 19:13

    Rossiyada ilk bor bir sutkada 14 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    14.10.2020, 18:11

    Nur-Sultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

    14.10.2020, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.