11-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Rashid Xoliqovning yakka-yu yagona nevarasi Emin.

“Fazilatxonim qizlari” hamda “Opa-singil qizlari” seriallari yulduzi Afra Saracho‘g‘lu.

Xorazmlik xonanda Dilafruz Bekmetova turmushga chiqdi.

Dilafruz Bekmetovaning to‘yidagi mehmon san’atkorlar.

Shahlo Ahmedova Istanbul shahridan ko‘rinish berdi.

O‘zbek milliy akademik teatri kostyum sexi bo‘limi boshlig‘i Dildora Anvarova 47 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Avvalroq teatr rahbari Fathulla Mas’udov pnevmoniyadan, aktrisa Dilbar Ikromova koronavirusdan vafot etgan edi.

Shahzoda 11-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan kenja o‘g‘li Xalidga atab “Alla” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.

Nilufar Usmonova “Bir qo‘shig‘im bor” qo‘shig‘iga raqsga tushib, folloverlarini ham xirom aylashga chaqirdi.

Davron Kabulov Istanbuldagi aktrisa Feruza Normatovaga sovg‘a yo‘lladi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yarim marafonda yugurishini ma’lum qildi.

SanJay sevgilisiga atab qo‘shiq kuyladi. Xonanda ushbu qo‘shiqning Alisha ismli qizga bag‘ishlanganiga ishora qilib, uning rasmi bilan Instagram’ga parcha joyladi.

Keyinroq sevimli insoni bilan yana bir videoni bo‘lishdi.