Aktyor Makoley Kalkin o‘zi gavdalantirgan “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin yuzining pastki qismi printi tushirilgan niqob taqib tushgan suratini Twitter sahifasiga joyladi.
Avvalroq 40 yoshga to‘lganligini aytib, “Uyda yolg‘iz” muxlislarining ham qarib qolganiga ishora qilgan aktyor bu safar filmdagi kadr suratining bir qismi orqali bolalarni niqob taqishni unutmaslikka chaqirgan.
U kichik Kalkin, ya’ni “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning qo‘llarini yuziga qo‘yib baqirgan kadrdan olingan surat tushirilgan niqobni taqqan surati bilan bo‘lishgan.
Just staying Covid-safe wearing by the flayed skin of my younger self.
— Macaulay Culkin (@IncredibleCulk) October 7, 2020
Don't forget to wear your masks, kids. pic.twitter.com/RBd3X1AayD
Makoley suratga shunday niqob bilan COVID’dan saqlanayotganini yozib, “Bolalar niqob taqishni unutmang”, deb qo‘shimcha qilgan.