Kanadada 9-oktabr holatiga ko‘ra oxirgi bir sutka davomida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 2558 ta yangi holat qayd etildi va bu mamlakatdagi kasallanishlarning bir kunlik soni bo‘yicha yangi antirekord. Bu haqda 9-oktabr kuni Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Mamlakatdagi avvalgi antirekord bir kun avval 8-oktabrda kuzatilgan va shu kuni 2436 ta yangi kasallanish holati qayd etilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada 178 117 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, shundan 149 524 nafari kasallikdan tuzalgan. Mamlakatda 9585 nafar bemor COVID-19 koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan (oxirgi bir sutkada 28 nafar kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan).
Kanadada epidemiya davri mobaynida aholidan COVID-19 kasallanish holatlarini aniqlash maqsadida jami 8,4 milliard test olingan.
Avvalroq Kanada hukumati mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgandi. Bosh vazir Jastin Tryudo vaziyat bahordagidan ham og‘irroq tus olishi mumkinligini bildirgan.