Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu rusumli avtotransport vositasining zovurga tushib ketganligi holati tarqaldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXBB

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXBB

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida, hodisa 2020-yilning 5-oktabr kuni soat 16:10 larda 4R-48 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi suv oqib o‘tadigan zovurga tushib ketgan. Natijada avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

Hozirda 2 nafar fuqaroning ham ahvoli yaxshiligi ma’lum qilingan.

Avvalroq Navoiyda Isuzu yuk mashinasi haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas’ga urilgani va zovurga tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)