Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi fuqaro o‘zining Tico avtomobilida YTHga uchradi. Oqibatda uning ikki nafar voyaga yetmagan qizi vafot etdi. Bu haqda “MY5” telekanalining “Markaziy studiya” dasturida ma’lum qilindi.

Haydovchi o‘z mashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib kelib, asosiy yo‘lga chiqish vaqtida Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia mashinasiga yo‘l bermasdan, uning yo‘liga chiqqan. Natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Tico haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetidan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketgan.

Oqibatda Tico haydovchisining 7-sinfda o‘qiydigan qizi voqea joyida, uning 8 yoshli yana bir qizi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasadan, shifoxonada vafot etgan.