Daryo

Jizzaxda sinfdosh qizlarni mashinada sayr qildirmoqchi bo‘lgan 9-sinf o‘quvchisi YTH sodir etdi (video)

O‘smirning aytishicha, u mashinani avvaldan haydab kelgan

1 daqiqa o‘qish109 556 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 9-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. O‘quvchining onasi o‘g‘liga avtomobil kalitini ishonib topshirgan, yigitcha esa ikki nafar sinfdosh qizni avtomobilda sayr qildirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sodir bo‘lgan YTHga guvoh bo‘lgan boshqa bir haydovchining so‘zlariga ko‘ra, o‘smir bir kilometr masofada mashinani goh o‘ngga, goh chapga olib, orqadan kelayotgan transport vositalarining harakatini cheklab kelgan. Orqadan kelayotgan haydovchi to‘xtash ishorasini berganidan keyin o‘smir boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil salonida ikki nafar qiz bola, ularning qo‘lida esa yosh bola bo‘lgan.

Voqea joyiga kelgan o‘smirning otasi o‘g‘lini odamlar oldida urishni boshlagan. O‘smirning aytishicha, u mashinani avvaldan haydab kelgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning ma’lum qilishicha, mazkur YTH Paxtakor—Zafarobod avtomobil yo‘lining 72-kilometrida sodir bo‘lgan. O‘quvchining avtomobil boshqarish uchun yetarli malakasi bo‘lmagani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketgan. Baxtli tasodif tufayli avtomobilda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jarohat olmagan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar