Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasi va “Tyanszin Teda” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyatini “Navbahor” jamoasida tugatish niyatida ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Bu haqda Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ma’lum qildi.

“Namanganning faxri bo‘lgan taniqli futbolchi Odil Ahmedov bilan hamkorlik qilamiz, maslahatlashamiz. Odil bilan qo‘ng‘iroqlashganimda, u futbolchilik faoliyatini “Navbahor”da yakunlashini, jamoa uchun qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyor ekanligini  ta’kidladi”,  — deydi Shavkat Abdurazzoqov.

Eslatib o‘tamiz, viloyat rahbari 7-oktabr kuni “Navbahor” qarorgohida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda klubning strategiyasi butkul o‘zgarishi va endilikda jamoa faqat mahalliy yoshlarga tayanishi aytildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi