O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos olim, usta sozgar, xattot, filologiya fanlari nomzodi To‘xtamurod ota Zufarov 6-oktabr kuni 84 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Mahalla” telekanali xabar berdi.

To‘xtamurod Zufarov 1936-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “U serqirra faoliyati davomida adabiyotshunoslik, xattotlik va musiqa madaniyatiga oid boy meros qoldirdi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Telekanal xabarida To‘xtamurod Zufarovning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Avvalroq taniqli suxandon va xonanda Shuhrat Qayumov 51 yoshida olamdan o‘tgani, “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri Muhammadnozim Mavlonov 56 yoshida vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.