Dubayda kelajak muzeyi taqdim qilindi. Bu haqda shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktum Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Qiyshaygan “teshik kulcha” shaklidagi inshootning balandligi 78 metr bo‘lib, u 30 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan.

Muzey metro bekati bilan piyodalar ko‘prigi orqali bog‘langan. U mehmonxona hamda ishbilarmonlik komplekslaridan iborat.

10 qavatli muzeyning ilk uchta qavatida 202 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh joylashgan.

Muzey ichida ko‘llar, bog‘ va gulzorlar, veloyo‘lak hamda dam olish zonasi mavjud.

Binoning ustki tomoni arabcha yozuvlar bilan bezatilgan. Ushbu muzey loyihasi Killa Design arxitektura agentligi tomonidan ishlangan.

Shayx Muhammad inshootni arxitektura va muhandislik san’at asari, deb atadi. U muzeyning Dubay ramzi bo‘ladigan diqqatga sazovor maskanlardan biriga aylanishiga umid bildirgan.

Bino liderlikka intilish, kreativlik va innovatsiyani ifodalaydi.

Muzey ekspozitsiyasi zamonaning tahdidlari va imkoniyatlari, kelajak texnologiyalari, insonning jismoniy va intellektual imkoniyatlarini kengaytirish uchun innovatsiyalarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.