Daryo

Dubayda uchar mototsikl sinovi 30 metr balandlikdan qulash bilan yakunlandi (video)

Uchuvchi barometr ishlamay qolgani sabab 30 metr balandlikdan qulab turshgan

1 daqiqa o‘qish85 939 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Hoversurf kompaniyasi Dubayda uchar mototsiklini sinovdan o‘tkazdi. Sinov videosi kompaniyaning YouTube’dagi kanalida e’lon qilingan.

Kadr: YouTube

Rolik kadrlaridan ko‘rish mumkinki, uchuvchi mototsikl yordamida havoga ko‘tarilgan va parvoz davomida muvozanatni ushlab qolishga uringan. Biroq shu vaqt uchish apparatining detali tushib qolgan.

Uchuvchi barometr ishlamay qolgani sabab 30 metr balandlikdan qulab turshgan. Ta’kidlanishicha, unga hech qanday jarohat yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Rossiyaning Hoversurf kompaniyasi Dubay politsiyasi uchun uchar mototsiklning favqulodda vaziyatlar uchun maxsus modeli yaratilgan edi.

Mavzuga doir: Britaniyalik olim o‘z uyida uchar mototsikl yasadi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar