Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatidagi bank xodimlari majburiy paxta terimiga jalb qilingani aniqlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: UzTag

Foto: UzTag

Ma’lum qilinishicha, 29-sentabr kuni “Bankirning kundaligi” Telegram-kanalida Namangan viloyatida 17 ta bank, shu jumladan, Markaziy bankning hududiy filialining majburiy paxta terimiga jalb qilingani aks etgan ro‘yxatni e’lon qildi. Nashr qilingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Uchqo‘rg‘on tumanida paxta yig‘im-terimi uchun 1470 nafar terimchini jalb qilish to‘g‘risida topshiriq berilgan, ammo banklarning umumiy shtati 1422 nafar xodimni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 21-sentabr holatida 1164 nafar xodim paxta terimida qatnashib, 41662 kg paxta tergan. Jadvalda terimchilarning vaqtincha turar joylari va paxta teriladigan fermer xo‘jaliklari ham ko‘rsatilgan.

Markaziy bank o‘zining hududiy boshqarmasiga tayanib bank xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganligini ma’lum qildi.

Ayni paytda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati 21-sentabrdan boshlab paxta terimida majburiy mehnat holatlarining oldini olish, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha ishlar olib borilayotganligini xabar qildi.

Davlat mehnat inspeksiyasiga 29-sentabr holatiga ko‘ra 50 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 22 tasi Call-markaz orqali, 2 tasi sayt orqali va 26 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali. Murojaatlarning aksariyati Namangan — 11 ta, Qashqadaryo — 10 ta, Jizzax — 6 ta, Andijon — 5 ta, Toshkent — 4 ta va Buxoro viloyati — 3 ta hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 16 ta holatda fuqarolar mahallalar tomonidan majburiy mehnatga jalb qilingan, 6 holatda ular bank xodimlari bo‘lgan. Mehnat vazirligi barcha xabarlar o‘rganilayotgani va aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ta’kidladi.

“Shunga qaramay, kunlik monitoring natijalariga ko‘ra ishchi guruhlar mansabdor shaxslarga 2 ta majburiy mehnat, 4 ta mehnat shartnomasini noto‘g‘ri tuzish va mehnat sharoitlariga rioya qilmaslik holatlari bo‘yicha 27 million 875 ming so‘m miqdorida jarima soldi”, — deyiladi xabarda.

Mehnat vazirligi matbuot xizmatining nashrga aniqlik kiritishicha, Namangan banklarida majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq vaziyat hali ham o‘rganilmoqda, ammo faktlar qisman tasdiqlangan. Yaqin kunlarda ushbu faktlar bo‘yicha xulosa qabul qilinishi kutilmoqda.

Davlat mehnat inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga ham yuboriladi. Xususan, Namangan shahridagi qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan bozorda ish yuritayotgan tadbirkorlardan “paxta uchun” mablag‘ yig‘ish holati bo‘yicha tushuntirish xatlari va tegishli hujjatlar chiqarildi.

Mehnat vazirligining ta’kidlashicha, fakt tasdiqlangani sababli hujjatlar belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rish uchun Namangan prokuraturasiga yuborilgan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 8-sentabrdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari paxta yig‘im-terim jarayoniga ta’lim, tibbiyot va boshqa budjet tashkilotlari xodimlari, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari jalb qilinishining oldini olish uchun javobgardir.

“Gazeta.uz” Namangan viloyati hokimligiga izoh olish uchun so‘rov yuborgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi