Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 17-turida “Qo‘qon-1912” 27-sentabr, yakshanba kuni “Bunyodkor”ni qabul qildi.

Foto: PFL

Dastlab mehmonlar Shahboz Erkinovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay Shohnazar Norbekov hisobni tenglashtirdi. 27-daqiqada esa Iqbol Malikjonov qo‘qonliklarning ikkinchi golini urdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bir necha o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ydi.

Qo‘qon shahri klubi keyingi turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi, “Bunyodkor”ning “Paxtakor”ga qarshi bahsi OChL sabab qoldirilgan.

Coca-Cola Superliga

17-tur bahsi

27-sentabr, yakshanba

“Qo‘qon-1912” — “Bunyodkor” 2:1

Gollar: 0:1 – 6 Erkinov, 1:1 – 12 Norbekov, 2:1 – 27 Malikjonov.

“Qo‘qon-1912”: Islomjon Abdullayev, Shohnazar Norbekov, (Filip Rayevats 43, Sobit Sindarov, 86)  Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev (Avaz Mamatxo‘jayev 86), Oybek Rustamov, Muzaffar Muzaffarov (Yakuba Bamba, 63), Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov.

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yuldashev (Suhrob Izzatov, 80), Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 67), Rasul Yo‘ldoshev (Farrux Ikromov, 80),  Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev (Dilshodbek Ahmadaliyev, 67), Abdulla Abdullayev, Shaxboz Erkinov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!