Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turinning “Yuventus” klubi kelasi haftada Sami Xedira bilan shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Yuventus”

Foto: “Yuventus”

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda. Bir muddat oldinroq Xedira shartnoma bekor qilinishi uchun 3 million yevroga ega bo‘lishni xohlayotgani aytilgandi. Samining “Yuve” bilan shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga yetadi. U hozirda yiliga 6 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, “Yuventus” ayni damda jamoa vingeri Duglas Kostani sotib yuborish borasida o‘ylamoqda. Avvalroq braziliyalik futbolchiga “Barselona” va “Vulverhempton”dan qiziqish borligi aytilgandi. Biroq ikkala klubdan ham turinliklarga rasmiy taklif kelib tushmagan.

Ma’lumot uchun, Xedira 2015-yilda “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgandi. Duglas Kosta esa 2017-yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilib keladi. Uning avvalgi jamoasi “Bavariya” edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi