AQShning Kolorado shtatida Chevrolet Silverado pikapi bazasida yaratilgan noodatiy limuzin sotuvga qo‘yildi. Yetti eshikli mazkur yuk mashinasini 32 ming dollarga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook / Kurt Barnhart

Limuzin to‘liq Chevrolet Silverado pikapi bazasida yaratilgan. Noodatiy mashina modifikatsiyaga uchragan “podveska”ga ega bo‘lgani sabab uzaytirilgan yuk avtomobilining eshik o‘rni 7,5 santimetrga qisqargan. Bu yo‘lovchilar uchun salonning yanada qulayligini ta’minlagan.

Foto: Facebook / Kurt Barnhart

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, yettita eshikka ega limuzin katta oila uchun ideal avtomobil hisoblanadi. Mashina interyeri uch qator o‘rindiqlar bilan jihozlangan, jumladan, to‘rtta kreslo alohida joylashgan va orqa tomonini to‘liq divan egallagan. Bundan tashqari, salonga 17,3 dyuymli ikkita televizor o‘rnatilgan.

Foto: Facebook / Kurt Barnhart

Mazkur limuzin 450 ot kuchi va 1234 Nm aylanuvchi momentga ega 6,6 litrli Duramax turbodizel dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregat avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Facebook / Kurt Barnhart

Foto: Facebook / Kurt Barnhart

Foto: Facebook / Kurt Barnhart