Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi. Oldinroq mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi

Ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shilgan. Tegishli hujjat Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan BMTning bosh qarorgohida imzolangan.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu qaror haqida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo‘lgan huquqini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yganini aytgan edi.

Qozog‘istonda o‘lim jazosini belgilash 2003-yilda mamlakat prezidenti qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik
Mahalliy
Prezident Toshkent energetika tizimi bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi