Hindiston Xitoy bilan bir qatorda dunyodagi eng yirik smartfonlar bozoriga ega hisoblanadi. So‘nggi yillarda u yerni Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar egallagan, biroq mahalliy Reliance Jio kompaniyasi haqiqiy inqilobni amalga oshirish niyatida. Kompaniya 50 dollarlik smartfon yaratib, Xitoy smartfonlarini bozordan chiqarishni rejalashtirgan, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ma’lumotlarga ko‘ra, Reliance keyingi 2 yil davomida 200 million donagacha smartfon taqdim etish uchun mahalliy yetkazib beruvchilardan Hindistondagi ishlab chiqarish quvvatini oshirishni so‘ragan. Manbalarning ta’kidlashicha, bu Hindistonning texnologik qudratini oshirib, Xiaomi kabi yirik kompaniyalar bilan raqobatini kuchaytiradi.

Reliance Jio hozirda hamyonbop Jio Phone lineykasidagi smartfonlarni yaratish bo‘yicha turli mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara olib bormoqda. Qayd etilishicha, Android bazasida ishlaydigan smartfon 4000 hind rupiysi (54 dollar) narxida bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, Jio Janubi-sharqiy Osiyodagi yetakchi aloqa operatori hisoblanadi, shuningdek, u 5G aloqa tarmog‘ini rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq hamyonbop Xiaomi Mi 10T flagmani 30-sentabr kuni taqdim etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.