Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi hamyonbop smartfoni — Poco X3 NFC’ni taqdim etdi. Qurilma ko‘plab jihatlari bilan flagman qurilmalardan qolishmaydi, deb yozadi Slash Gear.

Foto: Slash Gear

Foto: Slash Gear

Smartfon 2400x1080 pikselli hamda 120 gerts chastotali 6,67 dyuym ekranga ega bo‘lgan. Displey avtomatik ravishda kadrlar chastotasini sozlashi mumkin — 50, 60, 90 va 120 gerts.

Qurilma ichiga Snapdragon 732G protsessori, 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan, ichki xotirasi esa ikki xil variantda taqdim etiladi: 64 yoki 128 gigabayt. Akkumulyator sig‘imi 5160 mA/soatga teng bo‘lib, 33 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon “oddiy foydalanish rejimi”da ikki sutka ishlay oladi.

Poco X3’ning orqa panelida asosiy datchigi 64 megapikselga teng kvadrokamera joylashgan. Uni 13 megapikselli keng burchakli, shuningdek, makrokamera va chuqurlikni o‘lchovchi kamera to‘ldirib turadi. Old tomonidan esa 20 megapikselli frontal kamera o‘rin olgan.

Bundan tashqari, qurilmadan naushniklar uchun 3,5 millimetrli razyom joylashgan, smartfon LTE, Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 5’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma ikki rangda taqdim etiladi: kulrang va ko‘k.

Smartfon modifikatsiyasiga qarab 242 dollardan 303 dollarga qadar sotuvga chiqqan.

Avvalroq Xiaomi Redmi Note 10 — 5G aloqa tarmog‘iga ega hamyonbop smartfon dizayni oshkor bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi