Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 10T lineykasining ilk rasmiy posterini taqdim etdi. Unda yangi smartfonlar taqdimoti 30-sentabr kuni o‘tkazilishi ma’lum qilingan, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro smartfonlari 2019-yili bozorga chiqqan Mi 9T hamda Mi 9T Pro o‘rnini egallashi kerak. Xitoyda ushbu smartfonlar Redmi K20 va K20 Pro nomi ostida taqdim etilgan. Shu sababli mamlakatda Xiaomi Mi 10T’ning taqdimoti sharafiga xuddi shu kabi texnik tavsifga ega yangi Redmi smartfoni chiqariladi.

Yangi ishlab chiqariladigan Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro smartfonlari Xiaomi Mi 10 va hatto Mi 10 Ultra’ni tasvirning yangilanish chastotasi bo‘yicha ortda qoldiradi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Ultra’ga mos ravishda 90 hamda 120 gertsli tasvir yangilanish chastotasiga ega AMOLED ekranlar o‘rnatilgan. Shu bilan birga, Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro suyuq-kristal ekranga ega bo‘lib, maksimal yangilanish chastotani 144 gertsni tashkil etadi. Bundan tashqari, displeylar tasvir sifatini dinamik kompensatsiya qiluvchi MEMC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: IXBT

Smartfonlar bir kristalli Qualcomm Snapdragon 865 bazasida yaratiladi va yangi hamyonbop flagmanlarga aylanadi.

Avvalroq Xiaomi 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfon ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabar berilgandi.