Instagram’dagi Albert_and_grill akkaunti Dodge modelining 717 ot kuchiga ega HEMI V8 dvigateli yordamida tuxum pishirilgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Kadr: Instagram

Rolik muallifi taom pishirish uchun 717 ot kuchiga ega 6,2 litrli HEMI V8 ustiga aylanasimon shaklni joylashtirgan. Xom tuxumni uning ichiga chaqib, tuz va murch sepgan, shundan so‘ng avtomobil kapotini yopib, gaz tepkisini bosgan.

Kerakli haroratga erishish uchun motorning aylanishlar soni 4 ming holatda 10 daqiqa davomida ushlab turilgan. Vaqt o‘tgach, tuxum pishgan.

Hosil bo‘lgan taomni bloger Amerika kompaniyasining eng kuchli dvigateli sharafiga Hellcat egg deb atagan. Bu kabi agregat dunyodagi eng kuchli yo‘ltanlamas hisoblanuvchi Dodge Durango’ga o‘rnatilgan. Ushbu motor sabab model soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erisha oladi.