• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi “Yoshlik” arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi

    Toshkent shahrida koronavirusga chalingan yoki virusni yuqtirib olganlikda gumon qilingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bo‘sh o‘rinlar soni tobora kamayib bormoqda. Bu haqda mutaxassislar bergan ma’lumotlarga asoslanib, 19-sentabr, shanba kuni “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

    Avgust oyi boshida Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni yonida joylashgan “Yoshlik” sport arenasida 520 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi. Markaz shifokorlaridan biri Shohrux O‘rolovning ta’kidlashicha, 19-sentabr holatiga ko‘ra markaz “kasallar bilan batamom to‘lib bo‘lgan, umuman joy qolmagan”.

    “Shu kunlarda qabulimizni yopishga ham to‘g‘ri kelyapti — bir kun qabul qilyapmiz, bir kun yopyapmiz”, — deydi shifokor. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Yoshlik”dagi markazga asosan isitmasi ko‘tarilgan, yo‘tal paydo bo‘lgan, bundan tashqari, turli xususiy klinikalarda MSKTda pnevmoniyasi aniqlangan bemorlar murojaat qilmoqda.

    Markazga biriktirilgan tez yordam haydovchilaridan biri Baxtiyor Nishonboyevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar soni “oldingiga qaraganda ko‘paygan”. “Kechga tomon ko‘p bemor keladi. Ko‘proq yoshi kattalar kelyapti. To‘g‘ri, biz ularning xizmatidamiz, lekin odamlar o‘zini asragani yaxshi”, — deydi haydovchi (avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari Toshkent shahrida tez yordamga qo‘ng‘iroqlar soni sezilarli ko‘payganini ma’lum qilgan edi).

    “O‘zbekiston 24” telekanali muxbirining alohida qayd etishicha, bemorlarning bu markazga kelib qolishlari sababi bir xil: “Uyda o‘zboshimchalik bilan davolanib, ahvollari og‘irlashib qolganidan so‘ng shifokorga murojaat qilgan”. Markazning boshqa bir shifokori Bahrom Allayorov ham muxbirning bu so‘zlarini bemorlardan biri misolida tasdiqlab, ahvolining og‘irlashganiga bemorning o‘zini aybdor qilib ko‘rsatgan.

    “Bu kishi kasallik belgilari paydo bo‘lganidan keyin ham uy sharoitida davolanishga harakat qilgan. Oqibatda ahvoli og‘irlashgan, shu bois markazimizga murojaat qilib kelgan. Davo muolajalarini boshladik. Bu kasallik yosh-u qarini tanlamaydi. Kimki karantin qoidalariga amal qilmay, sustkashlikka yo‘l qo‘ysa, kasallikni yuqtirib oladigan bo‘lsa, mana shunday og‘ir asoratlarga, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — degan shifokor Allayorov.

    Mavzuga doir: “O‘zbekiston 24” telekanali “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimot markazini tark etishni istamayotgan bemorlarni xudbinlikda aybladi

    Avvalroq iyul oyi oxirida Toshkentda shahar hokimligi tomonidan “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinli, Mudofaa vazirligi tomonidan “O‘zekspomarkaz”ning 1—2-pavilyonlarida 814 o‘rinli, DXX tomonidan “Yoshlik” sport arenasida 520 o‘rinli, IIV tomonidan Yunusoboddagi Universal sport saroyi (Gimnastika majmuasi)da 750 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazlari tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Bundan tashqari, Sergelidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi bazasida 250 o‘rinli va Uchtepa tumanidagi Atlas savdo majmuasi negizida 1004 o‘rinli saralash markazlari tashkil etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Shu kabi saralash va taqsimlash markazlari O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ko‘rgazma zallari va sport majmualari hududida tashkil etilgan.

    20.09.2020, 21:21   Izoh (0)   30790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining videoanjuman shaklida o‘tadigan 75-sessiyasida ishtirok etadi

    20.09.2020, 20:23

    O‘zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani sabab pediatrik koykalar zaxirasi tayyorlanmoqda

    20.09.2020, 19:29

    Parkent hokimligi hokimning o‘g‘liga tegishli firmadan 260 mln so‘mga Captiva sotib olgani ma’lum bo‘ldi

    20.09.2020, 19:20

    Andijonda to‘rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

    20.09.2020, 18:21

    Farg‘onada ishlab chiqarilayotgani aytilgan kislorod konsentratori aslida Xitoydan olib kelinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

    20.09.2020, 16:21

    Buxoroda pandemiya sabab to‘xtab qolgan ommaviy tadbirlarga “start” berildi. Vazirlik tashabbusi bilan viloyatda katta festival boshlandi

    20.09.2020, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.