Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport ta’lim muassasalari inshootlari ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlarga aylantirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qildi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Shu kunga qadar Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 4 ta sport zalida 708 (vazirlik axborotida 718 o‘rinli deyilgan) davolash va taqsimlash markazi tashkil qilingandi.

Endi Xiva shahridagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kurash zali 132 nafar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni qabul qilishi uchun moslashtirilmoqda.

Mazkur vaqtinchalik shifoxonalarda bemorlar shifokorlar nazoratida bo‘lib, tegishli muolajalar oladi, deyiladi vazirlik axborot xizmatining xabarida.

Avval Surxondaryoda Termiz shahridagi “Surxon” sport hamda “Alpomish” kurash majmualari binolarida yaqin kunlarda 592 o‘rinli tashxislash, saralash, taqsimot punktlari o‘z faoliyatini boshlagan. Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida pandemiya davrida bemorlarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 400 o‘rinli tashxislash, saralash, taqsimot punkti ochilgan.

Toshkentda Uchtepa tumanida joylashgan Atlas mebel markazida koronavirusga qarshi kurash doirasida navbatdagi taqsimlash markazi tashkil etilgan.

Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinlik maxsus markaz faoliyat yuritmoqda (mas’ul – Toshkent shahar hokimligi). Shuningdek, 1 va 2-pavilyonlarda yana 814 ta koyka tayyorlangan (mas’ul – Mudofaa vazirligi gospitali).

Bundan tashqari, Yunusoboddagi gimnastika saroyida 750 o‘rinli (mas’ul – IIV gospitali), Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida 520 o‘rinli (mas’ul – DXX gospitali) birinchi tibbiy yordam markazlari foydalanishga topshirilgan. Sergeli tumanidagi 2-son BO‘SM 250 o‘rinli davolash maskani etib qayta jihozlangan.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasi va Chilonzor tumanidagi Cardio Star Plus xususiy klinikasi (50 ta o‘rin) ham koronavirusga gumon qilinganlarni vaqtincha saqlash maskanlariga aylantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda