Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 178 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Zuffa

Foto: Zuffa

Musobaqaning asosiy kardida shvetsiyalik jangchi Hamzat Chimayev va amerikalik Jerald Mershert o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Chimayev jangning 17-soniyasida raqibini nokautga uchratib, g‘alaba erishdi.

Shu tariqa Hamzat 66 kun ichida uchinchi g‘alabasiga erishib, UFC rekordini o‘rnatdi. Bungacha eng yaxshi natija Jonni Uokerga tegishli edi. U 105 kun ichida uchta jangda g‘alaba qozongandi.

Avvalroq Chimayev 10 kun ichida ikkita jang o‘tkazgan UFC tarixidagi ilk jangchiga aylangandi.

Chimayev — Mershert o‘rtasidagi jangni tomosha qiling (video)

Eslatib o‘tamiz, Chimayev 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazdi. Unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda