Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent vaqti bilan 20-sentabr tongida Las-Vegasda UFC Fight Night 178 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kechaning asosiy janglaridan birida UFC’da super statistika namoyish qilayotgan Hamzat Chimayev (9-0) tajribali Jerald Mirshertga (30-14) qarshi jang qildi. Kelib chiqishi chechenistonlik bo‘lgan jangchi 17-soniyadayoq raqibini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi.

Bu Chimayev uchun UFC’dagi uchinchi jangda qo‘lga kiritilgan 3-g‘alaba bo‘ldi. Avvalgi ikki jangda ham Chimayev raqiblarini birinchi raunddayoq taslim etgandi.

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarruh Adashevni 32 soniya ichida mag‘lub etgan Tayson Nem (20-11) mazkur UFC kechasida Jerom Riveraga (9-3) qarshi jang qildi. Jangda katta ustunlikka erishgan Tayson ikkinchi raund avvalida raqibini nokautga uchratdi.

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi