Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiyalik UFC jangchisi Hamzat Chimayev promoushen prezidenti Deyna Uaytdan kuchliroq raqib topib berishini so‘radi.

Hamzat Chimayev

Hamzat Chimayev
Foto: UFC

“Zerikyapman. Iltimos, Deyna menga bir kechaning o‘zida Neyt Dias, Masvidal va Konorni ber. Ularning hammasini yer tishlata olaman. Men qo‘rslik qilmayapman, shunchaki bunga ishonchim komil.

Biroq ular men bilan jang qilishni istamaydigan bo‘lsa, buni ham tushunaman”, — deya yozadi Chimayev.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazdi. Unda shvetsiyalik sportchi Jon Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratdi. Shu tariqa Chimayev 10 kun ichida ikkita jang o‘tkazgan UFC tarixidagi ilk jangchiga aylandi.

Hamzat Chimayevning UFC’dagi ilk janglarini tomosha qiling (video)

Chechenistonda tug‘ilgan Hamzat Chimayev 2011-yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘rab, yurtini tark etgan. Otasidan tashqari barcha oila a’zolari 2019-yilda Shvetsiyaga ko‘chib ketgan. Sportchining o‘zi esa xalqaro musobaqalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda