Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Hamzat Chimayev promoushenning ikki vaznida chempionlikni qo‘lga kiritgan Konor Makgregorni jangga chorladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Konor Makgregor — jo‘ja qalbli tap-mashina. Deyna Uayt, men ochman, menga desert ber”, — deya yozadi Chimayev Twitter’ida

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli irlandiyalik yakkakurashchi avvalroq faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Chimayev 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazdi va unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratdi. Shu tariqa Chimayev 10 kun ichida ikkita jang o‘tkazgan UFC tarixidagi ilk jangchiga aylandi.

Chechenistonda tug‘ilgan Hamzat Chimayev 2011-yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘rab, yurtini tark etgan. Otasidan tashqari barcha oila a’zolari 2019-yilda Shvetsiyaga ko‘chib ketgan. Sportchining o‘zi esa xalqaro musobaqalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi.

Hamzat Chimayevning UFC’dagi ilk janglarini tomosha qiling (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi