BMW kompaniyasi yangi 1-seriya xetchekini taqdim etadi. Yangi model brendning yosh auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning kapoti ostidan 265 ot kuchiga ega 2,0 litrli 128ti “turboto‘rtligi” o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Ti va tii abberviaturalari (Touring International va Touring International Injection) 1960—1970-yillarda 02-seriyasiga kiruvchi sport modifikatsiyalarini nomlashda foydalanilgan. Keyinroq nomdagi ti’ga E36 kuzovidagi 3-seriya xetchbeki ega bo‘lgan. Endi esa uch silindrli 118i va besh eshikli M135i xDrive oralig‘idagi model xuddi shunday nomlanadi.

Foto: Motor

BMW 128ti xetchbeki hozirda yakuniy testlardan o‘tmoqda. Mashinaning yurishi tog‘li Ayfelning sirpanchiq yo‘llarida va albatta, Nyurburgring trassasida sinovdan o‘tkazilyapti. Mashinaga 265 ot kuchiga ega 2,0 litli “turboto‘rtlik” o‘rnatilgan. Transmissiyada esa sakkiz pog‘onali Steptronic Sport “avtomati” va Torsen tipiga mansub mexanik differensialdan foydalanilgan. Model soatiga 100 kilometr tezlikka 6,1 soniyada erishadi: taqqoslash uchun, 118i’ga ushbu ko‘rsatkich uchun 8,5 soniya kerak bo‘lsa, M135i xDrive buni 4,8 soniyada amalga oshiradi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Yangi model shu yilning oktabrida bozorga chiqadi. Hozircha uning narxi oshkor etilmagan.

Avvalroq BMW kompaniyasi 2030-yilda havoga nol miqdorda zararli gaz chiqaradigan to‘qqiz modelni elektrifikatsiya qilishga oid rejasi bilan bo‘lishgan edi.