Bundesliga klublariga 2020/21-yilgi mavsum boshidan stadionlarga muxlislarni kiritishga ruxsat beriladi.

Foto: Twitter

Bild nashrining xabar qilishicha, klublar oktabr oyi oxiriga qadar stadionning 20 foiz qismiga tomoshabinlar kiritishi mumkin bo‘ladi.

Shundan keyin liga rahbariyati o‘yingohlardagi tomoshabinlar sonini oshirish masalasini qayta tahlil qiladi.

Misol uchun, Dortmundning “Borussiya” klubi uy stadioni “Signal Iduna Park” 81 365 tomoshabinga mo‘ljallangan. Shu tariqa dortmundliklarning uy o‘yiniga mavsum boshida 16 720 tomoshabin kiritilishi mumkin.

Germaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumi 18-sentabrda start oladi. Koronavirus pandemiyasi sabab 2019/20-yilgi mavsumning aksariyat qismi tomoshabinlarsiz o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!