O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni Tojikiston mustaqilligi kuni munosabati bilan prezident Emomali Rahmonni tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Tojikiston prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, do‘st Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.
Tojikistonda ushbu sana 1991-yildan beri bayram sifatida nishonlanadi.
Avvalroq Mustaqillik kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabriklagani, Prezident tabrik yo‘llagan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirgani xabar berilgan edi.