Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.
Buyruq Prezidentning 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son va 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorlariga muvofiq tayyorlangan.
Qayd etilishicha, hujjat bilan O‘zbekiston Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2019-yil 31-mayda 3163-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
2-banddan 5 va 6-xatboshilar chiqarib tashlanib, u quyidagi mazmundagi 2-1 va 2-2-bandlar bilan to‘ldirilmoqda:
2-1. Prezidentning PQ-4716-son qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
a) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM), yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
- engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
- sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
- urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;
- qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;
- qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
36 va 37-bandlardagi “band bo‘lmagan” degan so‘zlar “ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalar a’zosi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
38-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
O‘rganish natijasiga ko‘ra murojaat qilgan shaxs band bo‘lmagan hollarda unga uning tomorqa yeriga mos keladigan yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish va (yoki) urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilinishi bo‘yicha ABKMning mas’ul xodimi yetkazib beruvchi tashkilot, ABKM va tomorqa yer egasi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini ko‘radi. Bunda tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila uchun quyidagi yo‘nalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish;
- sug‘orish vositalari xarid qilish;
- urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish.
Hujjat 2020-yil 26-avgustda kuchga kirgan.
Mavzuga doir:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari: “2020-yilgi paxta mavsumi ikkita murakkab talabga muvofiq tashkil etiladi”
- O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi
- “Boshqa viloyatga borib paxta teruvchilarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi” — Bahodir Umrzoqov