Ham to‘yimli ham mazali rulet bilan kundalik yoki bayram dasturxonini bezasa ham bo‘ladi.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Qiyma — 500 gr
- Tuxum — 5 dona
- Tuzlangan bodring — 1 dona
- Sabzi — 1 dona
- Kinza ta’bga ko‘ra
- Shivit ta’bga ko‘ra
- Tuz, murch ta’bga ko‘ra
- Ko‘katlarni maydalab oling;
- Sabzini qirg‘ichdan chiqaring;
- Qiymaga tuz, murch, 1 ta tuxum va yuqoridagi mahsulotlarni solib aralashtirib oling;
- Qolgan 4 ta tuxumni qaynatib pishiring;
- Qandolat plyonkasiga qiymani bir tekis qilib yoying;
- Qiyma o‘rtasiga bir qator qilib artilgan tuxumlarni terib chiqing va qiymani rulet shakliga keltirib o‘rang;
- Rulet ustidan tuxum sarig‘i surtib list yoki idishga soling;
- 180 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling;
- Ruletni o‘zini yoki sabzavot va garnir bilan qo‘shib taom sifatida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
Izoh (0)