Daryo

Turkcha pishloqli kulcha —​ go‘zleme pishiring

“Nachinka”ga pishloq o‘rniga tvorog, qiyma yoki tovuq go‘shti solsa ham bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish38 541 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yemek.com

Turli davlat oshxonalariga mansub taom va yeguliklar bilan bo‘lishishda davom etamiz.

Foto: “Yemek.com”
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • un — 600 gr;
  • suv — 300 ml;
  • tuz — 1,5 choy qoshiq;
  • pishloq — 300 gr;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • ko‘katlar — 100 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Un, suv, tuz, unni qo‘shib, yumshoq va elastik xamir tayyorlab oling.
  • Xamirni 6-8 bo‘lakka bo‘ling.
  • Yog‘ surtilgan stolga qo‘yib, xamirni yupqa qilib yoying.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa maydalangan ko‘kat qo‘shing.
  • Xamirga “nachinka”ni solib buklang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada 2 daqiqa davomida qizartirib pishirib oling.
  • “Nachinka”ga pishloq o‘rniga tvorog, qiyma yoki tovuq go‘shti solsa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.