Daryo

Tuxum qo‘shib tayyorlanadigan go‘shtli rulet pishirib ko‘ring

Ruletni o‘zini yoki sabzavot va garnir bilan qo‘shib taom sifatida ham iste’mol qilsa bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish43 278 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yeda.ru”

Ham to‘yimli ham mazali rulet bilan kundalik yoki bayram dasturxonini bezasa ham bo‘ladi.

Foto: “Yeda.ru”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Qiyma — 500 gr
  • Tuxum — 5 dona
  • Tuzlangan bodring — 1 dona
  • Sabzi — 1 dona
  • Kinza ta’bga ko‘ra
  • Shivit ta’bga ko‘ra
  • Tuz, murch ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  • Ko‘katlarni maydalab oling;
  • Sabzini qirg‘ichdan chiqaring;
  • Qiymaga tuz, murch, 1 ta tuxum va yuqoridagi mahsulotlarni solib aralashtirib oling;
  • Qolgan 4 ta tuxumni qaynatib pishiring;
  • Qandolat plyonkasiga qiymani bir tekis qilib yoying;
  • Qiyma o‘rtasiga bir qator qilib artilgan tuxumlarni terib chiqing va qiymani rulet shakliga keltirib o‘rang;
  • Rulet ustidan tuxum sarig‘i surtib list yoki idishga soling;
  • 180 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling;
  • Ruletni o‘zini yoki sabzavot va garnir bilan qo‘shib taom sifatida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar